Noma (kasallik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Noma (yunoncha: nime — tarqaluvchi), "suvli rak" — gangrena tarzida kechadigan kasallik; atrofidagi toʻqimalarga tez tarqaladi. Koʻpincha yuzning yumshoq toʻqimalari, orqa teshik atrofi, kamdankam hollarda boʻyin, qoʻl-oyoq barmoklari terisi kasallanadi. Odatda, ogʻir yuqumli kasalliklarni boshidan kechirgan nimjon, darmonsiz bolalarda, baʼzan kattalarda ham uchraydi. N.da kasallangan soha shilliq qavatida koʻkimtir-qizil dogʻ boʻladi. Jarayon yumshoq toʻqimaning hammasiga juda tez shikayet yetkazadi. Be-morning umumiy ahvoli ogʻirlashadi, qarorati koʻtariladi va h.k. N.ning hech bir rakka oʻxshash alomatlari yoʻq, faqat toʻqimalar nobud boʻlishiga koʻra, uni "suvli rak" deb atashadi; odatda, N. hoʻl gangrena deb ham yuritiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil