Noiniy Bokiyayi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Noiniy Bokiyayi (16-asrning 2-yarmi — 17-asr) — oʻrtaosiyolik sozanda, shoir va musiqashunos. Oʻrta Osiyo va Shim. Hindistonda yashagan. Kavkabiy Buxo-riyning izdoshi. Fors tilida bitilgan sheʼriy devon, falsafiy risola va "Zamzamayi vaxdat" ("Mushtarak navolari") musiqa risolasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida sakdana-di (inv. №10266/11, taxminan 1654). Risola debocha, muqaddima, 6 bob va xulosadan iborat. Unda musulmon Sharq madaniyatida rivoj topgan Oʻn ikki ma-qom tizimi (6 ovoza, 24 shoʻʼba, 48 goʻsha) va hind mumtoz musiqa parda tu-zilmalari (6 raga, 30 ragini va boshqalar), musiqa janrlari (dubayt, peshrav, kor, amal, shuningdek, gita, xand, xayal, farsi va boshqalar), maqom va ragalarning mazmun doirasi, ijro etish sharoitlari (muayyan vaqti) masalalari yori-tilgan. Mazkur risolada, ayniqsa, muallifning Oʻrta Osiyo va Shim. Xindiston mintaqalari musiqa anʼanalarining oʻzaro munosabatlari (yaqinligi) masalasiga eʼtibori ahamiyatlidir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil