Noʻmon Aminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Noʻmon Aminov (1908, Buxoro – 1-may 1998, Buxoro) — zardo‘z, O‘zbekiston xalq rassomi (1982). Qadimgi Buxoro zardo‘zlik maktabi vakili. Otasi Aminjon Majidovdan hunar o‘rgangan. 30- yillardan Zardo‘zlik arteli (1960 yildan Buxoro zardo‘zlik f-kasi)da ishlagan. Tilla, nuqra, ipak, zar iplar yordamida nodir so‘zanalar, portretlar yaratgan. Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Uning rahbarligida zardo‘zi so‘zanalar, portretlar va boshqa tayyorlangan. Ko‘plab murakkab bezakli namoyonlar ishlagan ("Kitoba", 1956; "Go‘ri Amir", 1970). U yaratgan an’anaviy naqsh (chok)larning 32 namunasi Amaliy san’at muzeyida saqlanadi.