Nizomxoʻjayev Jamol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nizomxoʻjayev Jamol (1921.15. 12 -Toshkent — 1992.26.9) — opera xonan-dasi (bariton), Oʻzbekiston xalq artista (1964). Moskva Oʻzbek opera studiyasida taʼlim olgan (1938—39), Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1950). Navoiy teatrida solist (1939— 83), shuningdek, Toshkent madaniy-oqartuv bilim yurtida oʻqituvchi (1961— 87). N. musiqali dramalarda Qodir (Yashin, M.Muhamedov; R.Glier, "Gul-sara") va boshqa, oʻzbek operalarida Nav-fal (R. Glier va T. Sodiqov, "Layli va Majnun"), Boʻron (S. Vasilenko va M.Ashrafiy, "Boʻron"), Farhod (V. Uspenskiy va G.Mushel, "Farhod va Shirin"), Niyozmatbek, Ardasher (M. Ash-rafiy, "Shoir qalbi", "Dilorom"), shuningdek, mumtoz operalarda Eska-milo (J. Bize, "Karmen"), Tomskiy (P. Chaykovskiy, "Qargʻa motkasi"), Gryaznoy (N. Rimskiykorsakov "Shoh qayligʻi") kabi partiyalarni ijro etgan. Opera ijrochiligida milliy ashula ijro uslubini uygʻunlashtirishga intilgan. Oʻzbek xalq ashulalari ("Laylodin ortiqsan", "Qoshlari qalamlar" va boshqalar), maqom yoʻllari ("Dugoh", "Dugoh taronasi", "Ushshoq" kabi) va zamonaviy qushiklar ("Vatanga mehr", "Illy tong hamdam", "Assalom" va h.k.) N. ijodida muhim oʻrin tutadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil