Nizomiddin Xoliqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoliqov Nizomiddin (1939.1.9, Andijon) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). Lvov poligrafiya intini tugatgan (1967). 1967-yildan Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda rassom — badiiy muharrir (1967— 78; 1969—71 ylarda bosh rassom), 1978-yildan Andijon "Rassom" ijodiy ktida rassom (1981—83 ylar rahbar). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida pedagog (1972—73). X. linogravyura, ksilografiya, litografiya, ofort, monotipiyada ijod kiladi, asarlarida tasviriy shakl va badiiy mazmun uygʻunligiga erishadi. Xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan "Gulpari", "Oyjamol", "Gulshanbogʻ" kabi dostonlar, oʻzbek mumtoz adabiyoti ("Saddi Iskandariy", Alisher Navoiy; "Saylanma", Muqimiy va boshqalar) hamda oʻzbek adabiyoti ("Nurli choʻqqilar", A. Qahhor; "Chinor", Asqad Muxtor va boshqalar)dan chop etilgan kitoblarni badiiy bezadi.

Keyingi yillarda moyboʻyoq rangtasvirida samarali ijod qilmoqda ("Bahor", "Nuroniylar", "Hunarmandchilik", "Yoshlik", "Alpomish", "Ummon", "Harorat" va boshqalar); portretlarida inson ruhiyati teran ifodalangan ("Mirtemir", "Muhammad Ali", "Brigadir", "Ona" va boshqalar).