Nizomiddin Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjayev Nizomiddin Asomiddinovich (1885 — Toshkent — 1942) — siyosat va jamoat arbobi. Boshlangʻich rustuzem maktabi (1900) va Oʻrta Osiyo universitetining ijtimoiy fanlar ftida (1929) oʻqigan. 1901 yilda Toshkentdagi Ilin bosmaxonasida ishchi boʻlib ishlagan. "Turon" jamiyatida faol katnashgan (1913—17). 1916 yildan Oʻrta Osiyoda koʻtarilgan qoʻzgolonni kuvvatlab, xalkni podsho Rossiyasiga qarshi kurashga daʼvat etgan. Fevral inqilobi (1917)dan soʻng Toshkent Eski shahar hunarmandlar uyushmasi rahbari, oziq-ovqat qoʻmitasi aʼzosi. Turkiston muxtoriyatini quvvatlab, Toshkentda oʻtkazilgan namoyishning tashkilotchilaridan biri (1917 yil dek.). Keyinchalik bolsheviklarga yaqinlashib, partiya safiga kirgan (1918). Toshkent Eski shahar soveti Ijroiya qoʻmitasi raisi, Eski shahar partiya komiteta kotibi (1918— 19). Fargona viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi, Turkiston ASSR MIQ aʼzosi (1919—20). Turkiston Kompartiyasi huzuridagi Musulmonlar byurosi ishida qatnashgan.

X. 1921—23 yillarda Butun Rossiya yogʻoch sanoati viloyat boʻlimi va Turkiston Kompartiyasi Markaziy Nazorat komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1924 yil martda Xorazm Xalq Sovet Respublikasshg . masʼul lavozimga joʻnatilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Davlat Plan komissiyasida prezidium aʼzosi (1929—32; 1933 yildan), Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklari va sanʼatini saqlash komiteti raisi (1932—33). 1934 yildagi "tozalash" kompaniyasidan keyin ijtimoiy faoliyatdan chetlashtirilgan. Keyinchalik Qatagʻon qilingan va 1942 yilda otib tashlangan. Ulimidan soʻng oklangan. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.

Ld..Azizzoda L. Yangi hayot kurashchilari. T., 1977; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T. 2000; Rajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917—1924), T., 2002.