Niyozjonxoʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Niyozjonxoʻja (18-asr 2-yarmi — 19-asr boshlari, Xiva) — xorazmlik ma-qomchixonanda, sozanda va bastakor. 19-asr boshlarida Buxoroga borib, Shashmaqomning ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻrgangan, ularning Xo-razmda keng tarqalishida muhim rol oʻynagan. Xorazm Buzruk maqomidagi Saqili Niyozjonxoʻja va boshqa bir qancha kuylar muallifi. N.ning ishini shogirdlari (Mahsumjon Qozi, Us t a Muhammadjon Sanduqiy, Komil Xorazmiy, Ahmadjon Tabibiy va boshqalar) davom ettirib, Xorazm maqomlariga yangi kuy va ashula yoʻllarini kiritgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil