Niyoziy Muhammad Niyoz Abdulgʻofurbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Niyoziy Muhammad Niyoz Abdulgʻofurbek (19-asr) — uygʻur tarixchisi, shoir, tarjimon va xattot. 1851 yil umumiy tarixga bagʻishlangan "Qisas ul-gʻaroyib" asarini turkiy tilda yozgan. Asar muqaddima, xotima va 3 qismdan iborat. Asarning 1-qismida Chingizxon davrigacha boʻlgan voqealar bayoni; 2-qismida Chingizxon va uning avlodlari, Humoyungacha boʻlgan boburiylar tarixi bayoni; 3-qismda dastlabki 2 qismda zikr qilingan muhim voqealar tafsiloti yoritilgan. Asarga muallifning sheʼrlari ham kiritilgan. Shar-qiy Turkistonda koʻchirilgan bir nus-xasi Rossiya FA Sharqshunoslik institutining SanktPeterburg boʻlimida saqlanmoqda (inv. № 106). N. Mirza Muhammad Haydarning "Tarixi Rashi-diy" asarini forschadan uygʻurchaga tarjima qilgan (1837). Tarjimaga nasriy, sheʼriy bosh soʻz va xotima kiritilgan. Tarjimaning muallif qoʻlyozmalariRossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanmoqda (inv. № 120, №121, №192). N. fors tilidan koʻpgina sheʼrlarni uygʻur ti-liga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil