Kontent qismiga oʻtish

Niyozali Xolmatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Niyoz va familiyasi Xolmatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Niyozali Xolmatov (1947.20.2, Qoʻrgʻontepa tumani) — miniatyurachi rassom, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq ustasi (2000). Moskva badiiy sanoat bilim yurtini tugatgan (miniatyura boʻyicha, 1973). Xolmatov ish faoliyatini Moskva badiiy gravyura korxonasining tajriba lab.da boshladi (1973—80), 1980 yildan "Us to" birlashmasi qoshidagi maktabda mutaxassislar tayyorlash bilan shugʻullanadi; Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi ning akad.kotibi (1998— 99), Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog. Xolmatov bir nechta jamoat binolarini mahobatli asarlar bilan bezadi. Firdavsiyning "Shohnoma" asari va boshqa badiiy asarlarga miniatyuralar turkumlarini yaratdi.

Xolmatov asarlari respublika va xalqaro koʻrgazmalar (Germaniya va boshqalar)da namoyish etilgan, muzeylar va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]

  1. "Xolmatov Niyozali" OʻzME. X-harfi (Wayback Machine saytida 2022-01-23 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil