Niyoz Kelginboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Niyoz Sulaymonovich Kelginboyev (1914.23.2, Andijon- 1978.1.11, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), tibbiyot fanlari doktori (1963), professor (1967). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1935). Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasida intern-vrach (1936—39), Toshkent tibbiyot akademiyasi patofiziologiya kafedrasida assistent (1939), harbiy qismlarda vrach (1940—45), Toshkent tibbiyot akademiyasi gospital terapiya kafedrasida assistent (1945—50), dotsent (195058). Oʻlka meditsinasi ilmiy tadqiqot institutida farmakoterapiya laboratoriyasi (1959—67), 1967 yildan boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari farmakologiyaga oid. Kimyogar, botanik va farmakologlar bilan hamkorlikda strofantinni topib, klinikaga joriy etgan. Yurak kasalliklarini glikozidlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil