Nitroammofoska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nitroammofoska - tarkibida azot, fosfor, kaliy boʻlgan murakkab donador oʻgʻit. Unda suvda eruvchan shakldagi 12—18% N, 18—20% dan R2O5 va K2O bor. N.ni nitrat va fosfor kislotalarini ammiak yordamida neytrallab yoki apatitni nitrat kislota bilan parchalab va eritmani kaliy xlorid bilan aralashtirib olinadi. K,.x. ekinlarining ehtiyojiga qarab N:P:K nisbati oʻzgarishi mumkin. N. istiqbolli konsentrlangan oʻgʻitdir. Barcha tuproq tiplarida asosiy, ekish oldidan va oziqlantirish oʻgʻiti sifatida turli qishloq xoʻjaligi ekinlariga qoʻllaniladi. N. bitum shimdirilgan qogʻoz qoplarga solinib, quruq binolarda saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil