Nisbiy harakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nisbiy harakat — moddiy nuqtaning shartli ravishda koʻzgʻalmas deb olingan asosiy sanoq sistemaga nisbatan koʻchib borayotgan harakatdagi sanok sistemaga nisbatan harakati. Inersial sanoq sistemaga nisbatan maʼlum tezlanish bilan harakatlanayotgan har qanday sanoq sistemasi noinersial sanok, sistemani tashkil etadi. Agar sanok sistemasi S ilgarilanma harakatda boʻlsa, koriolis tezlanish nolga teng boʻladi; ilgarilanma harakat inersial boʻlsa, koʻchirma tezlanish ham nolga teng boʻladi. Shu sa-babli, Nyutonning ikkinchi konuni mutlaq qoʻzgʻalmas va inersial koordinata sistemalariga nisbatan bir xil yoziladi. Agar qoʻzgʻaluvchan koordinata sistemasi inersial boʻlsa, Nyuton ikkinchi qonunining ifodasida koriolis va koʻchirma inersiya kuchlari boʻladi. Koordinata sistemasi ilgarilanma harakatda boʻlsa, koriolis va inersiya kuchlari boʻlmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil