Niqoblash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
İmitasiya Pantsir-C1

Niqoblash, maskirovka — harbiy ishda — oʻz qoʻshinlarini dushman razvedkasi kuzatuvidan yashirish, dushmanni chalgʻitish uchun qoʻllanila-digan tadbirlar majmui. Haqiqiy obʼyektlarni yashirish (panalash), soxta obʼyektlar qurish, chalgʻitma harakatlar qilish, radiotexnika vositalari bilan yolgʻondakam shovqinlar tarqatish, N. toʻrlari qoʻllash, soxta xabarlar tarqatish, boshqaruv punktlarining oʻrnini tez-tez oʻzgertirib turish va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. N.dagi asosiy vositalar: niqoblovchi kiyim-bosh, boʻyoqlar, oʻsimliklar, yorugʻlik, tutun, shovqinlar, toʻrlar va boshqa [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil