Niqob
REDIRECT[[]]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Niqob — maskarad, karnaval qatnashchisining oʻzini tanitmaslik uchun yuziga kiyadigan (koʻz oʻrni ochiq boʻlgan), baʼzan odam basharasini, hayvon yoki afsonaviy maxluq boshini tasvirlaydigan maxsus krplama. Hozirgi niqoblar magʻzi soxta, plastmassa, rezina va boshqa materiallardan yasaladi. Niqob qadim zamonlarda ov qilingan hayvon va qushlarning tabiiy kallalari, poʻstaklari va patlaridan yasalgan. Odam timsollarini koʻrsatishda kalla suyaklari ishlatilgan. Keyinchalik ular oʻlgan kishini eslash va ajdodlar ruhiga sigʻinish bilan bogʻliq marosimlarda qoʻllanuvchi shartli tasvirlar bilan almashtirilgan. Yunon va Rim teatrida, Sharq mamlakatlari va qadimgi Xorazm, Baqtriya, Par-kona (Davan), Soʻgʻdiyona davlatlaridagi anʼanaviy shakldagi teatrlarda niqobdan keng foydalanilgan. Afrosiyob, Xolchayon, Oyxonim, Tuproqqalʼa kabi qadimda shaharlardan topilgan niqob tasvirlari shundan dalolatdir. Arxeologik qazishlar natijasida Afrosiyobdan qoʻlida niqob ushlab turgan toʻrt aktyorning tasviri, Tuproqqalʼadan (|||asr) masxaraboz niqobi topilgan. U oʻrta asrlarda niqob masxarabozlar teatrida keng qoʻllangan. Xorazm masharabozlari "Xatarli oʻyin" degan turkum tomoshalarida shu kungacha niqobdan foydalanib keladilar. Mamlakatning boshqa joylarida niqobdor masharabozlari tomoshalarida uchraydi. Hindiston, Xitoy, Yaponiya va boshqalarning zamonaviy teatrlarida niqob oʻrniga koʻpincha niqobsimon grimlardan foydalaniladi. Shuningdek, bu mamlakatlar va baʼzi Afrika xalqlari tomoshalarida ot, sher, ajdarxo va boshqa hayvon hamda afsonaviy mavjudotlar ifodalangan niqob liboslar keng tarqalgan (yana qarang Maska).
Muhsin Qodirov[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |