Ninachilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ninachilar (Odonata) — hasharotlar turkumi. Gavdasining uz. 1,4—120 mm, qanotlari 90 mm gacha. Fasetkali koʻzlari harakatchan, boshining katta qismini egallaydi. Moʻylovlari kalta, koʻzga zoʻrgʻa koʻrinadi. Qanotlari kalin toʻrlangan. Dorzoventral (orqadan qorin tomonga yoʻnalgan) qanot muskullarining , erkaklarida ikkilamchi qoʻshilish organining boʻlishi bilan boshqa hasharotlardan farq qiladi. 4500 ga yaqin (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 3000 dan ortiq) turi bor. Arktika va qurgʻoqchilik hududlaridan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Asosan, tropik hududlarda, suv havzalari yaqinida uchraydi. Yirtqich voyaga yetgan N. hasharotlar bilan oziqlanadi. Oʻljasini havoda tutadi. Yirik N. lichinkasi itbaliklar va baliklar chavoqlariga hujum qilishi mumkin. Yarim oʻzgarish orqali rivojlanadi. Havoda uruglanadi. Tuxumlarini suv tubiga yoki suvdagi oʻsimliklarga qoʻyadi. Lichinkalari yirtqich, ogʻiz organlari oʻljasini tutuvchi organ — niqobga aylangan. Maxsus tashqi jabralar (dum jabralari) yoki orqa ichak oʻsimtalari (rektal jabralar) yerdamida nafas oladi. 3 ta kenja turkum: teng qanotlilar, har xil qanotlilar, aralash qanotlilarga boʻlinadi. Keyingi turkumga oldingi ikki turkumining ham belgilarini mujassamlashtirgan, tropik hududlarda tarqalgan bitta urugʻ kiradi. Oʻzbekiston hududida N.ning oʻnlab turlari tarqalgan. Togʻli hududlarda Oʻrta Osiyo uchun endemik, yirik N. kordu-legaster; vohalar va togʻ oldi xududlarida shaynli ninachilar koʻp uchraydi. N. qanotli qasharotlar, ularning lichinkasi esa qon soʻruvchi hasharotlarning suvdagi lichinkalari bilan oziqlanadi. N.ning lichinkalari baliklar uchun oziq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil