Nimkorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nimkorlik (fors- toj. — yarim va ish) — xususiy egalikda bulgan yerni ijaraga olib foydalanish shakli. N.da kam yerli yoki ot-ulovi yetishmaydigan dehqon olgan hosilining yarmini berish sharti bilan yerga ekin ekkan. N.da yer egasi dehqonga ot-ulov, urugʻlik bergan, ayrim hollarda uning oilasiga ish vaqtida yashash uchun turar joy ham ajratgan. Xoʻjalik yili tugagach, hosilning yarmini dehqon, qolgan yarmini esa yer egasi uzaro teng bulib olgan. N. Oʻrta Osiyoda 20-asrning 20-yillariga qadar mavjud bulgan.

1921—29 yillardagi Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda oʻtkazilgan yer-suv islohotlari natijasida N. barham topdi (qarang Oʻrta Osiyoda yer-suv islohoti).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil