Nimfalidlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nimfalidlar (Mymphalidae) -kunduzgi kapalaklar turkumi. Qanotlari yozilganda 25–80 mm, ustki gomoni chiroyli naqshindor. Qurtlarining tanasida pixlari va kutikulyar oʻsimtalari boʻladi. 2 mingga yaqin turi maʼlum. Turlari tropik va subtropik mintaqalarda ayniqsa xilma-xil. Kapalaklari yaxshi uchadi; ayrim turlari migratsiya qiladi. Yosh qurtlari oʻrgimchak toʻriga oʻxshash uchlarida gʻuj boʻlib yashaydi. Oʻtlar, baʼzan daraxtlar bargi bilan oziqlanadi; koʻpchiligi biron oʻsimlik turiga ixtisoslashgan oligofaglar. Gʻumbagi tanasida yaltiroqdogʻlar bor; boshini pastga osiltirib biron narsaga yopishib oladi. Yosh kapalaklik yoki qurtlik davrida qishlaydi. N. orasida sadafdorlar, tasmalilar, shashkalilar, qichitqon oʻt kapalaklari, turli rangli kapalaklar, motamsaro kapalaklar, admiral, gelikonidlar va boshqa koʻpchilikka tanish.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |