Nilufar Alimjanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nilufar Alimjanova (qirgʻizcha: Нилуфар Якубжановна Алимжанова 16-iyun 1991-yil Oʻsh viloyati, Novqat shahri) – qirgʻiz siyosatchisi va davlat arbobi, Jogorku Kengesh deputati, „Alyans“ siyosiy partiyasi aʼzosi[1].

Umrbayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Novqat shahridagi N. K. Krupskaya nomidagi oʻrta maktabda tahsil olgan, 2008-yilda Oʻsh shahridagi Agaxan nomidagi maktabni tamomlagan.

2013-yilda B. N. Yelsin nomidagi qirgʻiz-rus Slavyan universitetining iqtisod fakultetining „Moliya va kredit“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

2015-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Q.Dikambaev nomidagi Diplomatik akademiyasining „Xalqaro munosabatlar“ fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2016-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Markaziy hisoblash markazida yetakchi iqtisodchi sifatida boshlagan[2].

2018-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Jamoatchilikni rivojlantirish va investitsiya agentligi (ARIS) jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimida aloqa mexanizmi boʻyicha mutaxassis lavozimida ishlagan.

2021-yilda „Alyans“ siyosiy partiyasidan VII chaqiriq Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Kengeshi deputati etib saylangan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]