Nikolay Mayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikolay Aleksandrovich Mayev (1835.21.2, Peterburg - 1896.2.1) - etnograf, geograf. Oʻzbekistonda ilmiy oʻlkashunoslik ishlarining tashkilotchisi. 1870—92 yillarda "Turkestanskiye vedomosti" gaz.siga muharrirlik qilgan. 1870 yildan Turkiston statistika komitetining kotibi. Oʻrta Osiyo ilmiy jamiyati tashkil etilgan (1871 yil 28 yanvar)dan boshlab uning faol ishtirokchisi va "Turkiston oʻlkasining statistikasi uchun materiallar" toʻplamining (1—5) muharriri. Turli koʻrgazmalar tashkilotchisi. Oʻlkashunoslik muzeyi (1876) tashkilotchilaridan. M. tarix, arxeologiya, etn., numizmatika sohasida koʻp tadqiqotlar olib borgan, ekspeditsiyalar (Shahrisabz 1874; Hisor 1875, 1878)ga boshchilik qilgan. Asarlarida Toshkentning eski shahar qismi tarixi, etn.si, aholisi va uning mashgʻulotlari, Buxoro xonligi shahar va qishloqlari, karvon yoʻllari, moddiy madaniyat yodgorliklari, aholining turmushi, urf-odatlari va anʼanalari, mahalliy boshqaruv tizimi, hunarmandlik, savdo, geografik, tabiiytarixiy, arxeologiya va etn.ga oid maʼlumotlar keltiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Mayev Nikolay Aleksandrovich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir]

As.: Ocherki Buharskogo xanstva, T., 1875; Aziatskiy Tashkent [Materiali dlya statistiki Turkestanskogo kraya], SPb., 1876.