Nikolay Kibalchich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikolay Ivanovich Kibalchich [1853.19(31).10, Chernigov viloyati, Korov sh. — 1881.3(15).4, Peterburg] — insonni uchirishga moʻljallangan dunyoda birinchi raketali uchuvchi apparat loyihasi muallifi. Loyihada K. porox dvigateli qurilmasini, dvigatelning ogʻish burchagini oʻzgartirib uchishni boshqarish, yonishni programmali boshqarish, apparatning turgʻunligini taʼminlash va boshalar koʻzda tutilgan. Peterburg temir yo'llar inti va Tibbiy-jarroxlik akademiyasida oʻqigan (1871 —75). 1881 yil podsho Aleksandr II ga qilingan suiqasdda ishtirokchi sifatida ayblanib, qamoqqa olingan va qatl etilgan. Qamoqsaligida, ulimidan bir necha kun oldin, K. uchuvchili raketa apparatining noyob loyihasini tayyorlagan. Oydagi kraterlardan biri Kibalchich nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Kibalchich Nikolay Ivanovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil