Nikolay Gyaurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gyaurov Nikolay (1929.13.9, Velingrad, Bolgariya) — opera xonandasi (bas). Bolgariya xalq artisti (1962). Parijdagi Xalqaro xonandalar tanlovi gʻolibi (1955). 1956 y.dan Yevropa va Amerika yirik opera teatrlari (mas, Moskvadagi "Katta teatr", Milandagi "La skala" va b.)da yakkaxon xonanda. Nihoyatda kuchli, keng va chiroyli ovoz sohibi. Eng yaxshi partiyalari: Boris, Varlaam (M. Musorgskiy, "Boris Godunov"), Ramfis, Padre Gardiano (J. Verdi, "Aida", "Taqdir qudrati"), Don Juan, Leporello (V. Motsart, "Don Juan"), Mefistofel (Sh. Guno, "Faust") va b.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil