Nikolay Gribachyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikolay Gribachyov
Tavalludi 6 (19) dekabr 1910 va 19-dekabr 1910
Vafoti 10-mart 1992
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR

Nikolay Matveevich Gribachyov [1910.6(19).12, Bryansk viloyati — 1992, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-45). "Shimoli-Gʻarb" (1935), "Urush yoʻllari boʻylab" (1945) sheʼriy toʻplamlari muallifi. "Gʻalaba"da bahor" (1948) dostonida, "Momaqaldiroqdan soʻng" (1952), "Aziz hamshaharlar" (1954), "Oʻy" (1955) sheʼriy va "Avgust oyi yulduzlari" (1958), "Tungi momaqaldiroq" (1964), "Mening daydi sevgim" (1967) nasriy toʻplamlarida zamondoshlarining mehnati va maʼnaviy goʻzalligi aks ettirilgan. "Amerika bilan yuzmayuz" (1959) asari xalqaro mavzuda. G.ning "Bahs" (1963) toʻplami adabiyotshunoslik masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dala kapalagi [Sheʼrlar, balladalar, dostonlar], T., 1980.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil