Nikolay Bardovskiy
Nikolay Bardovskiy | |
---|---|
Asl ismi | ruscha: Николай Фёдорович Бардовский |
Tavalludi | 1832-yil 21-dekabr |
Vafoti |
1890-yil 8-sentyabr Lutsk |
Qoʻshin turlari | piyoda qoʻshinlar |
Unvoni | general-leytenant |
Qoʻmondonlik qilgan |
7-piyoda qoʻshinlar diviziyasi, 1-piyoda qoʻshinlar diviziyasi, 3-gvardiya qoʻshinlar diviziyasi |
Jang/urush |
Polsha qoʻzgʻoloni Xiva yurishi (1873) |
Nikolay Fyodorovich Bardovskiy (1832-yil 21-dekabr - 1890-yil 8-sentyabr) – rus general-leytenanti, Turkiston yurishlari ishtirokchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1832-yil 21-dekabrda tugʻilgan.
Dvoryanlar polkida kursni tamomlagandan soʻng, 1852-yil 13-avgustda praporshik unvoniga sazovor boʻlgan va Sankt-Peterburg grenadiyer polkiga xizmat qilish uchun yuborilgan, keyingi yili Moskva gvardiya polkiga oʻtkazilgan; 1854-yil 26-apreldan – podporuchik. 1856-yilda mohir oʻqchi sifatida 2-Sarskoye Selo oʻqchi batalyoniga oʻtkazilgan; 1856-yil 6-dekabrda leytenant, 1858-yil 21-martda shtab-kapitan va 1861-yil 21-aprelda kapitan unvoniga sazovor boʻlgan.
1863 va 1864-yillardagi Polsha yurishlarda qatnashgan Bardovskiy kampaniya soʻnggidagi harbiy xizmati uchun 4-darajali qilich bilan birgalikdagi Avliyo Vladimir ordeni bilan taqdirlangan va oʻsha yili, 1864-yil 16-dekabrda polkovnik unvoni bilan (1863-yil 30a-vgustdan) 41-zaxira piyoda qoʻshinlar (shaxsiy) batalyonining komandiri etib tayinlangan; 1860-yil 10-fevralda 66-Butirskiy piyoda qoʻshinlar polkiga komandirlikka tayinlangan, 1871-yil 7-yanvarda Turkiston otishma brigadasi komandiri etib tayinlangan, 1872-yil 16-aprelda esa general-mayor unvonini olgan.
Keyingi yilgi Xiva yurishida faol qatnashgan, Turkiston otryadining birinchi esheloniga rahbarlik qilgan va 1873-yil 5 va 6-mayda Sadik Kenisarga qarshi Adamkirilgan traktidagi jangda alohida ajralib turgani uchun qilich bilan birgalikdagi 1-darajali Avliyo Stanislav ordeni bilan mukofotlangan. Turkiston otryadi 11-may kuni Uch Uchakda Amudaryoni kesib oʻtish paytida, qoʻshinlarning orqa qatorlariga Bardovskiy boshchilik qilgan. Xiva yurishi uchun unga „Jasorati uchun“ yozuvi tushirilgan oltin qilich berilgan (1874). 1879-yil 24-iyuldan 7-piyoda qoʻshinlar diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlangan; 1881-yilda general-leytenant[1] unvonini olgan va 1-darajali Avliyo Anna ordeni bilan taqdirlangan. 1883-yil 6-oktyabrda 1-piyoda qoʻshinlar diviziyasining boshligʻi etib tayinlangan va 2-darajali Avliyo Vladimir ordeni bilan taqdirlangan. 1887-yil 10-avgustda 3-gvardiya piyoda qoʻshinlar diviziyasi qoʻmondonligi lavozomiga tayinlangan. Qoʻshinlardagi oʻqchi boʻlinma bilan yaqindan tanish boʻlganligi sababli, bir necha bor ushbu masalani ishlab chiqish boʻyicha komissiyalarda, shuningdek, qoʻshinlarni tashkil etish va tarbiyalash qoʻmitasida faol ishtirok etgan.
1890-yil 8-sentyabrda Lutsk yaqinidagi manyovrlar paytida toʻsatdan vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Бардовский Николай Федоров // Список генералам по старшинству: Исправлено по 1-е января 1885. — СПб., 1886. — С. 314.
- ↑ Бардовский, Николай Федорович // Русский биографический словарь : в 25 томах. — СПб., 1900. — Т. 2: Алексинский — Бестужев-Рюмин. — С. 500.