Nikolay Badanin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badanin Nikolay Vasilevich (1895– 1965) – gelmintolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), veterinariya fanlari doktori (1940). Leningrad veterinariya institutini tugatgan (1928). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutlarida parazitologiya kafedrasi mudiri (1939–60). Choʻchqa solityori qoʻzgʻatadigan hamda buzoklarda uchraydigan kasalliklarni davolash va oldini olish ustida ilmiy ish olib borgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil