Nikita Bichurin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikita Yakovlevich Bichurin (Iakinf) (1777.29.8, hozirgi Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya muxtor respublikasi Cheboksari tumani —1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1828 yildan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy missiyasini boshqargan. Rossiya Tashki ishlar vazirligida tarjimon boʻlib ishlagan. B.ning ilmiy ishlari moʻgʻul va turkiyzabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalqlari qad. tarixiga bagʻishlangan "Qadimgi davrda Oʻrta Osiyoda yashagan xalklar haqida maʼlumotlar toʻplami" nomli uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bichurin Nikita Yakovlevich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t. 13, M.L., 1950-53.