Nikaragua (koʻl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nikaragua — Markaziy Amerikadagi eng katta koʻl, Nikaragua davlati hududida. Maydoni 8430 km3, uz. 160 km, eni 70 km gacha. Eng chuqur joyi 70 m. Tektonik botikda, dengiz sathidan 32 m balandlikda joylashgan. Suv sathi yil davomida oʻzgarib turadi. Tinitapa daryosi orqali Managua koʻli bilan bogʻlangan. N. suvi San-Xuan daryosi orqali Karib dengiziga oqadi (qadimda N. qoʻltiq boʻlgan deb ham tax-min qilinadi, chun-ki dengiz faunasi saqlangan). Qirgʻoqlari pasttekislik. Koʻlning gʻarbiy qismida Ometepe vulkani (1556 m) bor. Kema qatnaydi, baliq ovlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil