Kontent qismiga oʻtish

Nigrosporoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nigrosporozmakkajoʻxori soʻtalari va gʻoʻza koʻsaklari kasalligi.

Nigrospora oruzae, Nigrosporoz spaerica (makkajoʻxori soʻtalarida), Nigrosporoz gossypii (gʻoʻza koʻsaklarida) chala zamburugʻlari qoʻzgʻatadi. Kasallangan organlarda qora dogʻlar hosil qiladi. Kuchli zararlangan soʻtalar rivojlanmaydi, zoʻgʻatasi oʻrtasidan yorilib ketadi. Zararlangan soʻtalardagi makkajoʻxori donining unuvchanligi pasayadi. Zararlangan urugʻlik maysasi koʻpincha unib chiqishi bilan nobud boʻladi. Nigrosporozga chalingan koʻsakning barcha yoki baʼzi chanoqlari toʻliq ochilmaydi. Kasallangan tola qora-qizgʻish rangga kiradi. Nigrosporozga qarshi oʻsimliklarning boshqa zamburugʻli kasalliklariga qarshi kurash choralari qoʻllanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil