Nigar Sultana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigar Sultana
2020 ICC W T20 WC I v B 02-24 Nigar Sultana (01).jpg
Nigar Terma jamoa o'yinlarida 2020 ICC Women's T20 World Cup
Jinsi (ayol)
Tugʻilgan paytidagi ismi Nigar Sultana Joty
Fuqaroligi Bangladesh
Qaysi sport (Kriket)
Klubi Western Zone
Tavallud sanasi (1-avgust 1997-yil (1997-08-01) (25 yosh))
Faol tomoni (oʻnaqay)
Medallar Oltin medal: Cricket at the 2019 South Asian Games – Men's tournament

Nigar Sultana (1997-yil 1-avgustda tugʻilgan) — Bangladeshlik kriketchi va milliy terma jamoa sardori hisoblanadi. U xalqaro kriketda Pokistonga qarshi T20I oʻyinida debyut qilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil iyun oyida Bangladesh terma jamoasining bir qismi boʻlib, ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida ilk bor gʻolib chiqgan va 2018-yilgi Ayollar oʻrtasidagi Twenty20 Osiyo kubogi turnirida gʻolib chiqgan[1][2][3]. Oʻsha oyning oxirida Bangladeshning 2018-yilgi ICC Womenʼs World Twenty20 Qualifier turniri uchun tarkibiga kiritilgan[4].

2018-yil oktyabr oyida Bangladeshning Gʻarbiy Hindistonda boʻlib oʻtadigan 2018 ICC Womenʼs World Twenty20 turniri uchun tarkibiga kiritilgan[5][6]. 2019-yil avgust oyida Bangladesh terma jamoasining Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 2019-yilgi ICC Womenʼs World Twenty20 Qualifier turniri uchun tarkibiga kiritilgan[7]. 2019-yil oktyabr oyida Avstraliyadagi beshta oʻyindan oldin Ayollar global rivojlanish guruhiga kiritilgan[8]. 2019-yil noyabr oyida 2019-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida kriket boʻyicha Bangladesh terma jamoasiga chaqirilgan[9]. Bangladesh terma jamoasi finalda Shri-Lankani ikki marta magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[10].

2020-yil yanvar oyida Nigar Bangladeshning Avstraliyada boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi ICC Ayollar oʻrtasidagi T20 Jahon kubogi uchun tarkibiga kiritilgan[11]. Nigar toʻrtta oʻyinda 114 ta yugurish bilan Bangladesh terma jamoasi uchun eng yaxshi toʻpurarga aylangan[12].

2021-yil noyabr oyida Zimbabveda boʻlib oʻtadigan 2021-yilgi ayollar kriket boʻyicha Jahon chempionati saralash turnirida Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[13]. 2022-yil yanvar oyida Nigar Malayziyada oʻtkaziladigan 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarining kriket saralash turnirida Bangladesh jamoasi sardori etib tayinlangan[14]. Oʻsha oyning oxirida esa Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan 2022-yilgi kriket boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi uchun Bangladesh jamoasi sardori etib tayinlangan[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bangladesh name 15-player squad for Women's Asia Cup“. International Cricket Council. Qaraldi: 31-may 2018-yil.
  2. „Bangladesh Women clinch historic Asia Cup Trophy“. Bangladesh Cricket Board. 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyun 2018-yil.
  3. „Bangladesh stun India in cliff-hanger to win title“. International Cricket Council. Qaraldi: 11-iyun 2018-yil.
  4. „ICC announces umpire and referee appointments for ICC Women's World Twenty20 Qualifier 2018“. International Cricket Council. Qaraldi: 27-iyun 2018-yil.
  5. „Media Release: ICC WOMEN’S WORLD T20 WEST INDIES 2018: Bangladesh Squad Announced“. Bangladesh Cricket Board. 9-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  6. „Bangladesh announce Women’s World T20 squad“. International Cricket Council. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  7. „Bangladesh name 14-member squad for ICC T20 World Cup Qualifier 2019“. International Cricket Council. Qaraldi: 11-avgust 2019-yil.
  8. „Bismah to lead Women's Global Development Squad“. International Cricket Council. Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.
  9. „Nazmul Hossain to lead Bangladesh in South Asian Games“. CricBuzz. Qaraldi: 30-noyabr 2019-yil.
  10. „Bangladesh women's cricket team clinch gold in SA games“. The Daily Star. Qaraldi: 8-dekabr 2019-yil.
  11. „Rumana Ahmed included in Bangladesh T20 WC squad“. Cricbuzz. Qaraldi: 29-yanvar 2020-yil.
  12. „ICC Women's T20 World Cup, 2019/20 - Bangladesh Women: Batting and bowling averages“. ESPN Cricinfo. Qaraldi: 3-mart 2020-yil.
  13. „Media Release : ICC Women's World Cup Qualifier 2021: Bangladesh Squad announced“. Bangladesh Cricket Board. 6-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  14. „Bangladesh drop Jahanara for CWC qualifiers“. CricBuzz. Qaraldi: 7-yanvar 2022-yil.
  15. „Jahanara returns to Bangladesh for World Cup“. BD Crictime. Qaraldi: 28-yanvar 2022-yil.