Nigar Rafibeyli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigar Rafibeyli

House plate on a residence of Rza and Rafibeyli
Tavalludi 23-iyun 1913-yil
Ganja, Azerbaijan
Vafoti 9-iyul 1981-yil(1981-07-09)
(68 yoshda)
Baku, Azerbaijan
Ijod qilgan tillari Ozarbayjon tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va SSSR
Bolalari Anar Rzayev

Nigar Khudadat qizi Rafibeyli (ozarbayjoncha: Nigar Xudadat qızı Rəfibəyli) (1913–1981, Boku) – ozarbayjon yozuvchisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi. Yozuvchi Anar Rzayevning onasi, taniqli yozuvchi va shoir Rasul Rzoning rafiqasi edi[1].

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigar Rafibeyli 1913-yil 23-iyunda Ganja shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi tibbiy jarroh boʻlgan. Otasi Khudadat Rafibeyli Yevropada tahsil olgan birinchi ozarbayjon jarrohi edi. 1919-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi hukumati tomonidan Ganja hukumatiga rahbarlik qilishga taklif qilingan, biroq koʻp oʻtmay arman bolsheviklari tomonidan hibsga olingan va Nargin oroliga joʻnatilgan. Mahbuslik paytida bolsheviklar askarlari tomonidan qatl etilgan[2]. Nigar Rafibeyli Ganjadagi maktabni tugatib, tahsilni davom ettirish uchun Bokuga koʻchib oʻtdi. U yerda Pedagogika texnikumida tahsil olgan. Keyinchalik maktablarda dars bergan. Lekin qayerda ishlamasin, ijod qilishdan toʻxtamagan. Uning „Chadra“ deb nomlangan ilk sheʼri 1928-yilda "Dan ulduzi " jurnalida chop etilgan. 1930–1932-yillarda „Ozarbayjonfilm“ kinostudiyasida ishlagan.

Boku. Ozarbayjon shoirlari Rasul Rzo va Nigar Rafibayli yashagan uy.

Keyingi yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigar Rafibeyli 1931-yilda „Azerneshr“ nashriyotida muharrir va tarjimon boʻlib ishlagan. Keyinchalik yozuvchi Moskva pedagogika universitetida oʻqishni davom ettirgan. U Moskvada tahsil olayotganida ilk sheʼrlar toʻplami chop etilgan. Birinchi kitob Bokuda nashr etilgan. 1937–1939-yillarda "Ushoqneshr" nashriyotida ishlagan. 1940-yildan boshlab Navoiy, Shiller, Pushkin, Lermontov, Shevchenko va boshqa xalqlarning mashhur shoir va yozuvchilarining koʻplab asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Ozarbayjon adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Nigar Rafibeyli Faxriy ordeni bilan taqdirlangan [2]. Uning koʻpgina asarlari romantizm, yurtga muhabbat, tabiathamda ona zaminga bagʻishlangan[3].

Nigar Rafibeyli 1981-yil 9-iyulda vafot etdi. Bokudagi koʻchalardan biriga adibaning nomi berilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Reminscences of Uzeyir Hajibeyov“. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Azerbaycan qadini – Nigar Rafibeyli“. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.
  3. „Selected novels of Nigar Rafibeyli“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]