Niderlandiya inqilobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Niderlandiya inqilobi (1566—1609) — Niderlandiya tarixiy viloyatida sodir boʻlgan inqilob. Kalvinizm bayrogʻi ostida oʻtgan va ispanlar hukmronligini batamom tugatish va feodallarning zoʻravonligiga qarshi qaratilgan. Konservativ ruxdagi byurgerlar oppozitsiyadagi dvoryanlar (Vilgelm Oranskiy rahbarligida) bilan ittifoq tuzib ispanlar asoratiga qarshi chiqqanlar. Asosiy voqealar: 1566 yildagi Ikonalarga qarshi qoʻzgʻo-lon, 1572 yil shim. viloyatlarda koʻtarilgan ommaviy qoʻzgʻolon, 1576 yil jan. vi-loyatlardagi qoʻzgʻolon, Utrext uniyasi (ittifoqi) ni barpo etilishi (1579). Shim. viloyatlarni ispanlar hukmronligidan ozod boʻlishi (hozirgi Niderlandiya davlati hududi) va Birlashgan viloyatlar respublikasi barpo etilishi bilan yakunlangan (jan. viloyatlarni 1585 yilga kelib Ispaniya kayta bosib olgan).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil