Niderland maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Niderland maktabi - 15-16-asrlar musiqasidagi ijodiy yoʻnalish, Uygʻonish davrining yetakchi kompozitorlik maktabi. Niderlandiya (tarixiy viloyat) ilgʻor musiqa madaniyati yuksak professionalizm, badiiy yutuqlar va xalq anʼanalari zaminida shakllanib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Niderland maktabi vokal-xor polifoniya ta-raqqiyotini belgilab berdi va uning umumiy asos va usul (imitatsiya, murakkab kontrapunkt va boshqalar)larini ishlab bergan. Yetuk namoyandalari: G.Dyu-fai, Y.Okegem, Ya.Obrext, Josken Depre, Lasso. Niderland maktabi ijodkorlari diniy va dunyoviy musiqa (messa, motet, madrigal, polifonik qoʻshiqlar), 16-asrda murakkab cholgʻu pyesalar ham yaratdilar. A kapella xor messalari Niderland maktabining ulkan yutugʻi boʻldi. Niderland maktabi ishlab chiqqan koʻp ovozlilik qonunlari va yangi ifoda vositalari kompozitorlik musiqaning keyingi taraqqiyotini taʼminla-di; uslub sifatida Yevropa musiqa sanʼatida cherkov vokal-xor janrlari va ularda ifoda topgan diniy dunyoqa-rashining koʻp asrlik hukmronligini yakunladi. Niderland maktabi koʻp badiiy xususiyatlari musiqaning keyingi rivoji (polifoniya, gomofoniya, dodekafoniya)da oʻz ahamiyatini saqlab qoldi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil