Nicole Rolser
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nicole Rolser[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-fevral 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Ochsenhausen, Germaniya | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Bayern Munich (women) | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
SV Mietingen | |||
2008 | VfL Munderkingen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2010 | VfL Sindelfingen | 21 | (1) |
2010—2012 | SC 07 Bad Neuenahr | 44 | (14) |
2013—2015 | Liverpool L.F.C. | 20 | (11) |
2015—2020 | FC Bayern Munich (women) | 65 | (15) |
Milliy terma jamoa | |||
2007 | Germaniya U15 | 5 | (3) |
2007—2008 | Germaniya U16 | 8 | (9) |
2008—2009 | Germaniya U17 | 11 | (9) |
2019—2011 | Germaniya U19 | 18 | (4) |
2012 | Germaniya U20 | 9 | (3) |
2018 | Germaniya | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2017-yil 29-oktyabr uchun) |
Nicole Rolser (1992-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, oxirgi marta Münchenning „Bayern Munich“ klubida asosiy tarkibda oʻynagan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rolser professional faoliyatini dastlab 2009—2010-yillarda „VfL Sindelfingen“ klubida boshlagan. Birinchi mavsumda u liga oʻyinida qatnashdi va bitta gol urdi. 2010—2011-yilgi mavsumida Rolser Bundesliganing „SC 07 Bad Neuenahr“ klubiga koʻchib oʻtdi va liganing 21 oʻyinida jami oʻnta gol urdi. Uning debyuti 2010-yilning 15-avgustida oʻz uyida „Essen-Schönebek“ ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, 63-daqiqada oʻz jamoasini 3:2 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu uning jamodagi oʻrnini yaxshiladi.
2012-yil dekabr oyida Rolser Angliyada „Liverpool L. F.C“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Angliya jamoasi bilan u 2013—2014-yillarda ketma-ket ikkita liga chempionligini qoʻlga kiritdi.
2015-yilning 2-iyulida Rolser Germaniyaning „Bayern Munich“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[3].
U terma jamoa safida ham koʻplab yutuqlarga erishgan. U Germaniya sharafini juda erta „Germaniya U15“ tarkibida himoya qilishdan boshlagan. Keyinchalik U16 safida, soʻngra U17, U19, U20 terma jamoa safida ham yutuqlarga erishdi. Oʻsmirlar oʻyinchisi sifatida Germaniya U17 terma jamoasiga qoʻshilgan edi. 2008-yil Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan U17 Jahon chempionatida, u 16-noyabr kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Angliya terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Liverpool jamoasi
- WSL Ayollar Superligasi: 2013, 2014-yillar
- Bayern Munich
- Bundesliga: 2015-16-yil
Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati gʻolibi: 2009-yil.
- 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati gʻolibi: 2011-yil.
- FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi oʻrin: 2012-yil.
Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Liverpool“ning mavsumdagi eng yaxshi ayol futbolchisi sovrini: 2014-yil[4].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „FIFA U-20 Women's World Cup Japan 2012 – List of Players: Germany“. FIFA (14-sentabr 2012-yil). 17-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
- ↑ %3Aliverpool-meldet-die-verpflichtung-von-nicole-rolser&catid=118 %3Abundesliga&Itemid=440 Liverpool meldet die Verpflichtung von Nicole Rolser [sayt ishlamaydi]
- ↑ „German winger Rolser to leave Reds and join FC Bayern“. Liverpool LFC (2-iyul 2015-yil). 21-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Suarez bags treble at awards dinner“. Liverpool FC. Qaraldi: 9-iyul 2019-yil.