Nia DaCosta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nia DaCosta
Tavalludi 8-noyabr 1989-yil (1989-11-08) (34 yosh)
New York, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Rejissor, ssenariynavis
Faoliyat yillari 2009 – hozirgacha

Nia DaCosta (8-noyabr 1989-yilda tugʻilgan) amerikalik rejissor va ssenariynavisdir. U jinoyat haqidagi Little Woods (2019) triller filmiga rejissorlik qilish bilan birga ssenariysini ham yozgan boʻlib, buning ortidan Tribeca film festivalida Nora Ephron mukofotiga loyiq topilgan.[1] U yana Candyman (2021) dahshatli filmiga ham rejissorlik qilgan. 2020-yilning avgustida DaCosta The Marvels filmiga rejissorlik qilishi maʼlum boʻldi hamda buning ortidan Marvel filmlarini suratga olgan eng yosh rejissor boʻlishi kutilmoqda, bundan avvalgi rekordni Ryan Coogler oʻrnatgan edi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Obenson, Tambay „How Nia DaCosta Went From Wide-Eyed NYU Film Grad to Hollywood Director on the Rise“ (en). IndieWire (18-aprel 2019-yil). Qaraldi: 2020-yil 10-avgust.
  2. Vary, Adam B. „'Captain Marvel 2' Lands Nia DaCosta as Director“ (6-avgust 2020-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]