Neru Motilal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neru Motilal (1861.6.5, Agra -1931.6.2, Lakhnau) — Hindiston milliy ozodlik harakati arboblaridan. Nagpur, Ollohobod kollejlarida taʼlim olgan, advokat. Javoharlal Neruning otasi. Birlashgan viloyatlar qonun chiqarish kengashi aʼzosi (1909, 1915), shahar Kengashi aʼzosi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasining raisi (1919 va 1928). 1922 yil Kongressdan chiqqan, svaraji-stlar (mustaqilchilar) partiyasining asoschilaridan biri (1923) va uning rahbari. Bu partiya ingliz mustamlakachilarining hokimiyati bilan hamkorlik qilishni va ular hukmdorligida Hindistonga avtonomiya huquqini berilishini talab qilgan. 1925 yil yana HMK partiyasiga qaytib, rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1928 yil Hin-distonga dominion-ichki ishlarni oʻzi idora qilish ququqini berishni talab qilgan Konstitutsiya loyihasining muallifi (keyinchalik bu Konstitutsiya "Neru konstitutsiyasi" nomi bilan mashhur boʻldi).

Adabiyot[tahrir]

  • Antonova K. A., Bongard-Levin G. M., Kotovskiy G. G., Istoriya Indii, 1979; Gore v A., Zimyanin V., Neru, M., 1980.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil