Kontent qismiga oʻtish

Nereidalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nereidalar (Nereidae) - koʻp qilli halqali chuvalchanglar sinfining oilasi. 450 ga yaqin turi maʼlum. Uzunligi 90 sm gacha. Barcha dengizlarda, ayniqsa, tropik suvlarda keng tarqalgan. Sohil yaqinida loyli joylarda yashaydi. Ayrim turlari Malayziya orollari tropik oʻrmonlarining toʻshalmasida uchraydi. Polifag. Voyaga yetganlarining koʻzi, paratodiyalari kattalashadi, suzishga yordamlashadigan qillar paydo boʻlib, geteronereid shaklga aylanadi. Koʻpayish davrida ichi tuxumlarga toʻlgan N. suv yuzasiga qalqib chiqadi. Bunda hayvonlarning tashqi koʻrinishi keskin oʻzgargan boʻladi. Ana shu paytda mahalliy axrli ularni yigʻib olib, isteʼmol qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil