Neper Jon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

NEPER (Napier) Jon (1550, Merchis-tonKasl, Edinburg yaqinida — 1617.4.4) — logarifmlarni kashf qilgan shotland matematigi. Edinburg universitetida oʻqigan. "Logarifmlarning ajoyib jadvali tavsifi" (1614) ishida N. logarifmlarga taʼrif bergan, ularning xossalari va qoʻllanilishini tushuntirgan. "Logarifmlarning ajoyib jadvalini tuzish" (1619) ishida 1614 yildagi "... tavsifi"da bayon etilgan logarifm nazariyasi va oʻnli logarifmlar gʻoyasi bayon qilingan.

N.ga sferik uchburchaklarni logarifmlash uchun bir qator qulay yechish formulalari ham taalluqli.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil