Neovitalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neovitalizm (neo... va vitalizm) — biol.dagi idealistik oqim, vitalizm shakllaridan biri. 19-asrning 2-yarmida "eski" vitalizm oʻrnida paydo boʻlgan. N.ning asoschisi X. Drishning koʻrsatishicha, organizmning yaxlit va garmonik rivojlanishini materiyadan yuqori turadigan dinamik omil, yaʼni "entelexiya" belgilab beradi. Ota-ona uchun xos boʻlgan belgilarning nayelga oʻtishi va oliy nerv faoliyati ana shu entelexiya bilan bogʻliq. Moslashgashshkning nisbiyligi toʻgʻrisidagi Ch. Darvin taʼlimotiga qarama-qarshi oʻlaroq, X.Drish moslashganlikni absolyutlashtiradi va uni entelexiya boshqarib turishini tan oladi. N.ning boshqa taraf-dorlari fikricha, fiziologik jarayonlar va organizmlar rivojlanishining asosini "dominanta", "hayot energiyasi", "kuch maydoni" kabi moddiy boʻlmagan "tashkillashtiruvchi" omillar tashkil etadi. Pirovardida N. teologiya bilan yaqinlashib, biol. fanining rivojlanishiga moneʼlik qiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil