Neonatologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Erta tugʻilgan chaqaloq

Neonatologiya (qadimgi yunoncha: νέος „yangi“ + lotincha: natus „tugʻilish“ + grekcha: λόγος"taʼlim, fan ") — tibbiyotning chaqaloqlar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarni, ularning oʻsishi va rivojlanishini, kasalliklari va patologik holatini oʻrganadigan boʻlimi.

Neonatologlarning asosiy bemorlari respirator distress sindromi boʻlgan yangi tugʻilgan chaqaloqlar boʻlib, ular erta tugʻilish, kam vazn, rivojlanishning kechikishi, tugʻma nuqsonlar (tugʻilish nuqsonlari), sepsis yoki tugʻma asfiksiya tufayli kasal boʻlib, maxsus tibbiy yordamga muhtoj boʻlishadi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi tugʻilgan chaqaloqni tekshirish

Neonatologiya pediatriya va akusherlikdan 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida ajralib paydo boʻlgan. Uzoq vaqt davomida shifokorlar erta tugʻilgan chaqaloqlarga eʼtibor berishmagan. Muammoga eʼtibor qaratish va mablagʻ yigʻish uchun Martin Kuni turli koʻrgazmalarda erta tugʻilgan chaqaloqlar bilan ularni saqlash uchun mahsus kuvezlarni(inkubatorlarni) namoyish etgan.

Erta tugʻilish boʻyicha birinchi Amerika darsligi 1922-yilda nashr etilgan. 1952-yilda doktor Virginiya Apgar yangi tugʻilgan chaqaloqning holatini baholash vositasi sifatida Apgar shkalasini taklif qilgan. Ushbu oʻlchov akusher-ginekologlar tomonidan faol qoʻllaniladi. Biroq, neonatologlar yangi tugʻilgan chaqaloqlarda nafas olish buzilishi va nafas olish yetishmovchiligi sindromining ogʻirligini baholash uchun yana bir shkala — Silverman shkalasiga asos soldilar. Agar Apgar shkalasida ball qanchalik baland boʻlsa, „yaxshiroq“ boʻlsa, Silverman shkalasida buning aksi boʻladi.

1960-yillarda yangi tugʻilgan chaqaloqlarning oʻpkasini sunʼiy shamollatish uchun uskunalar paydo boʻlishi bilan neonatologiyaning tez oʻsishi boshlandi. Bu erta tugʻilish darajasi ortib borayotgan bolalarning omon qolishi uchun kurashishga imkon bergan. Neonatologiya va neonatolog atamalari amerikalik pediatr Aleksandr Shaffer tomonidan 1960-yilda Yangi tugʻilgan chaqaloq kasalliklari boʻyicha qoʻllanmada taklif qilingan.

Zamonaviylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy neonatologiyada boʻlimida 27 haftalik homiladorlikdan keyin tugʻilgan 1000 grammlik chaqaloqlarning omon qolish ehtimoli taxminan 90 % ni tashkil qiladi va ularning koʻpchiligida normal asab tizimi rivojlanadi[1] degan xulosaga kelingan. Reanimatsiyaga muhtoj bolalar ixtisoslashtirilgan intensiv terapiya boʻlimlarida davolanadi, bu yerda bunday bemorlar bolalar anesteziologlari, reanimatologlari va neonatologlari tomonidan davolanadi.

Oʻzbekistonda neonatologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy ravishda neontologiya boʻlimi Oʻzbekistonda 1974-yilda oʻz ish faoliyatini boshlagan. Markza oʻsha vaqtda 25 ta oʻringa ega boʻlgan va markazga M.M Azimjonova rahbarlik qilgan[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lemmons, J.A., et al. (2001). „Very Low Birth Weight Outcomes of the National Institute of Child Health and Human Development Neonatal Research Network, January 1995 Through December 1996“. Pediatrics 107(1): 1-8
  2. http://pediatriya.uz/neonatologiya/?lang=uz