Neolamarkizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neolamarkizm (neo... va lamarkizm) — Lamark taʼlimotining ayrim holatlariga asoslangan har xil ideologik evolyusion konsepsiyalar yi-gʻindisi. N. evolyusion taʼlimot rivojlanishining Darvinyagsh keyingi bosqichida paydo boʻlgan. Darvin nazariyasining ayrim aspektlarini tan olgan neolamarkistlar tabiiy tanla-nishning ijodiy rolini inkor qilishgan. N.da 3 asosiy yoʻnalish mav-jud. Ortolamarkizm— organik olam evolyusiyasi Darvin uqtirganidek tabiiy tanlanish asosida emas, balki organizmlarning azaldan belgilangan ichki kuchlari ishtirokida amalga oshishi. Mazmun mohiyati bilan bu yoʻnalish E. Kop, G. Osborn, L. S. Berglar ilgari surgan avtogenez kon-sepsiyasidan boshqa narsa emas. Me-xanolamarkizm— organizmlarning azaldan belgilangan ichki kuchlar asosida tashqi muhitning oʻzgarishiga javoban maqsadga muvofiq struktura va funksiyalarini oʻzgartirishi. Mexanolamarkistlar adaptiv modifika-siyalarni evolyusion yangi hosila va ular nasldannaslga oʻtadi debkoʻrsatishadi. Psixolamarkizm — evolyusiya sababini organizmlarning ongli xatti-harakatlari orqali tushuntirishga urinish. N. qanday yoʻnalishda boʻlmasin, u rivojlanishni maqsadga muvofikligini eʼtirof etib, tabiiy tanlanishning ijodiy rolini inkor qiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil