Neoimpressionizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neoimpressionizm (neo... va impressionizm) — 19-asr 2-yarmida Yevropa tasviriy sanʼati (rangtasvir) da yuzaga kelgan oqim. Dastlab Fransiya (1885)da paydo bulgan. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. N. namoyandalari (J. Sera, P. Sinyak va boshqalar) impressionizmnnng subyektiv anʼanalarini rivojlantirdilar, optika sohasidagi zamonaviy kashfiyotlarni qoʻllagan holda uni ilmiy asoslashga urindilar: murakkab rang tuslanishlarini bos-qichmabosqich sof ranglarga ajratish usullari (boʻyoqlarni toʻrtburchak yoki dumaloq nuqtalar shaklidagi rang surt-malari tarzida yuzaga — xolstga yonma-yon joylashtirish)ga uslubiy xususiyatlar baxsh etib, yangi murakkab rang tuslanishlarini hosil qilishga hara-kat qildilar. N. asarlari mozaikani eslatadi, badiiy obrazni hayotiy vo-qealarga qarama-qarshi qoʻyib, hayotiy lavhalarning jonli tasviridan voz kechdilar, natijada asarlar hayotiy aniklik va nafislikdan mahrum boʻldi. N.ning rang borasidagi izlanishlari keyingi davr sanʼati (jumladan, fo-vmzlg)ning shakllanishida oʻz ifodasini topdi. N. uslubini rangtasvirning hajmli — fazoviy yechimi bilan uygʻunlashtirishga urinishlarni Belgiya (T. van Reyselberge) va Italiya (J. Segan-tini) rangtasvirida koʻrish mumkin. 19-asr oxirida Sharq mamlakatlariga ham bu oqim belgilari kirib kelgan. Oʻzbekistonda Oʻ. Tansiqboyevning ilk ijodida ("Karvon", 1920), A. Mirsoatov asarlarida bu xususiyatlar koʻzga tashlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil