Neobuddizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neobuddizm (neo... - yangi va buddizm) - XX asrning 40-50-yillaridan boshlab keng tarqala boshlagan diniy-ideologik oqim bo‘lib, Birma, Tailand, Laos, Vyetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy uyg‘onish harakati bilan bog‘liqdir. Uning asosida yangi zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib qilish, payg‘ambar va avliyolarni yaratish, taqvodorlik va tarkidunyochilikni rad etish, “karma” kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e’tirof etilib, buddaviylik g‘oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi, psixoanaliz usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan neobuddizm oqimi diniy-islohotchilik harakati kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 307.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.