Nekrobioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nekrobioz (yun. nekros — ulik va biosis — hayot) — hujayra va toʻqimalarda ular nobud bulishidan oldin yuz beradigan oʻzgarishlar. N. moddalar almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq holda hujayrada yogʻ va yoki b. moddalarning aynishiga olib kelishi va aksincha, boʻlishi mumkin (qarang Distrofiya). Hujayra yadrosidagi oʻzgarishlar (ka-riopiknoz, karioreksis, kariolizis), sitoplazmalar yopishqoqligining buzilishi N.ning asosiy belgilaridandir. Kasallik qoʻzgʻatadigan omillarning uzoq vaqt taʼsir etishi va orga-nizmdagi noxush holatlar distrofik oʻzgarishlarning nekroz bilan tugallanishiga olib keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil