Negrul Aleksandr Mixaylovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Mixaylovich Negrul (1900.25.12, Poltava — 1971.25.7, Moskva) — uzum genetikasi va seleksiyasi sohasidagi olim, qishloq xoʻjaligi fanlari d-ri (1938), prof. (1940). RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Odessa qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1925). 1926—44 yillarda Odessa vinochilik st-yasida, Uzumchilik va vinochilik i. t. institutida (Tbilisi shahri), Butunittifoq oʻsimlikshu-noslik intida (Sankt-Peterburg shahri) uzum seleksiyasi boʻlimi boshligʻi. 1944 yildan Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasi vinochilik va subtropik ekinlar kafedrasi mudiri. N. tokning genealogik tasnifini tuzdi. Oʻrta Osiyoda xoʻraki uzumchilikni rivojlantirishga katta hissa koʻshdi, tokning 16 yangi na-vini yaratdi (M. S. Juravel bilan hamkorlikda). Bu navlar Oʻzbekistonda va qoʻshni davlatlarda katta maydonlarga ekiladi (Goʻzal qora, VIR muskati, Joʻrauzum, Ertagi VIR, Tarnoye, Oʻzbekiston muskati, Oktyabrsiy, Pobeda va boshqalar). VASXNIL uzumchilik seksiyasining raisi, Italiya uzumchilik va vinochilik akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil