Negros
Jump to navigation
Jump to search
Negros — Filippin arxipelagining markaziy qismidagi orol. Maydoni 12,7 ming km². Relyefi, asosan, togʻli. Eng baland joyi 2460 m (Kanlaon vulkani). Gʻarbiy va shim.-gʻarbiy qismida vulkan tuproqli unumdor tekisliklar bor. Iklimi subekvatorial, mussonli iqlim. Togʻlar doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. Shakarqamish, sholi, makkajoʻxori ekiladi. Mis rudasi konlari bor. N.da Bakolod, Duma-gete, San-Karlos shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |