Negizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Negizlar
Thomas-Stanford Plate04.jpg
Asl nomi Στοιχεῖα
Muallif Yevklid
Mamlakat Qadimgi Yunoniston
Til Qadimgi yunoncha

"Negizlar" (yunoncha Στοιχεῖα; lotincha Elementa) - Qadimgi yunon olimi Yevklid tomonidan taxminan milodiy 300-yilda Geometriya va Sonlar nazariyasiga bag'ishlab yozilgan risola. Asar antik matematikaning cho'qqisi, uning uch yuz yillik rivojlanishi natijasi va keyingi tadqiqotlar uchun asos bo'lib xizmat qilgan. "Negizlar", Pitanlik Avtolikning sohaga oid ikkita asari bilan birga Antik davrdan bizgacha yetib kelgan risolalardan eng qadimgilari hisoblanadi. Yevkliddan oldingi barcha olimlarning shu sohadagi qarashlari keyinroq yashagan olimlarning izohlari orqali yetib kelgan.

"Negizlar" Eng yangi davrga qadar matematika rivojiga ulkan hissa qo'shgan, zamonaviy ilmiy jamoatchilik asarning yuqori intellektual darajasi va fundamental ahamiyati bugungi kun fanida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi.[1] Kitob jahonning ko'plab tillariga tarjima qilingan, bu borada "Negizlar" dunyoviy kitoblar orasida tengsiz mavqega egadir.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi kitob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi kitob ta'riflar bilan boshlanib, quyida ulardan dastlabki yettitasini keltiramiz:

1. Nuqta qismarga ega bo'lmagan narsadir (Σημεῖόν ἐστιν, οὗ μέρος οὐθέν).

2. Chiziq - kenglikka ega bo'lmagan uzunlik.

3. Chiziqning qutblari - nuqta.

4. To'g'ri chiziq barcha nuqtalar bo'ylab tekis yastangan uzunlikdir (Εὐθεῖα γραμμή ἐστιν, ἥτις ἐξ ἴσου τοῖς ἐφ' ἑαυτῆς σημείοις κεῖται)

5. Yuza faqat uzunlik va kenglikka ega bo'lgan narsadir.

6. Yuzaning cheklalari - chiziqlardir.

7. Tekis yuza - bu o'z chiziqlari uzra tekis yastanib yotuvchi hududdir.

Yevklid postulatlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Mazkur qiziqarli asar insoniyatga keyingi rivojlanishi davomida zarur bo'lgan ishonch tuyg'usini tuhfa etgan. Yoshligida mazkur asardan zavqlanmagan kishi nazariy tadqiqotlar qilish uchun tug'ilmagandir." Эйнштейн А.. Физика и реальность. М.: 1965, c. 62.