Negativizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Negativizm — oliy nerv faoliyatining buzilishi belgilaridan biri. Bunda bemor oʻrinsiz ravishda tashqi taʼsirotlarga qarshilik koʻrsatadi. Passiv va aktiv N. farq qilinadi. Passiv N.da bemor talab qilinayotgan harakatni oʻjarlik bilan bajarmaydi. Aktiv N.da kishi talab qilinayotgan harakatning aksini qiladi. N. aksariyat shizofreniyannng katatonik shaklida kuzatiladi. Baʼzi bolalar va oʻsmirlarda notoʻgʻri tartib oqibatida yuzaga keladigan N.ni patologik N.dan farq qila bilish kerak. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil