Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti — Toshkentdagi yirik ilmiy tadqiqotlar markazi. 1959 yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining neft geologiyasi va geokimyosi boʻlimi hamda Bu-tunittifoq Neft geologiyasi va razvedkasi ilmiy tadqiqotlar institutining filiali asosida tashkil etilgan. 1969 yildan Oʻzbekiston Geologiya vazirligi (1991 yildan Geologiya va mineral resurelar davlat qoʻmitasi) tarkibida boʻlgan. 1995 yildan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi kotila.

Institutdagi barcha ilmiy tadqiqotlar ishlari, asosan, 23 laboratoriya va sektorni birlashtirgan 6 ta bulim: regional geol. va tektonika, neft va gaz konlari geol.si, geofizika, neft va gaz geokimyosi, neft va gazli choʻkindi jinslar formatsiyasi, neft va gaz konlarini parmalash boʻlimlarida olib boriladi. Bulardan tashqari, institut qoshida metodikatajriba partiyasi ham mavjud boʻlib, chu-qur va oʻta chuqur neft konlarini bur-gʻilash texnikasi va texnologiyasi ustida ish olib boradi. Neft-gaz uglevodorodlarining paydo boʻlishi va tarqalish qonuniyatlari ham oʻrganiladi. 1970—71 yillarda SSSRda birinchi boʻlib tabiiy sharoitlarda neft va gaz uglevodorodlarining paydo boʻlishi qonuniyatlari tajribaviy modeli ishlab chiqildi. Institut olimlari tomonidan neft va gaz konlari istiqboliga bagʻishlangan fundamental asarlar, tavsiyanomalar yaratildi. Xorijiy investorlarga Oʻzbekistondagi neft-gaz zaxiralarini ilmiy asoslab berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Institutni tashkil qilishda va uning ilmiy yoʻnalishlarini belgilashda olimlardan O. M. Akramxoʻjayev, A. G. Boboyev, O. A. Rijkov, Sh. D. Davlatov, I.S.Starobinets, A. K. Karimov, U. J. Mamajonov, A. K. Rahimov va boshqa salmokli qissa qoʻshganlar. Institutda 120 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi (2003). Shulardan 1 akad., 9 fan doktori, 4 professor, 22 fan nomzodi, ular orasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan neftchi (A. R. Xoʻjayev), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog , Davlat muko-foti laureati (A. T. Ibrohimov), faxriy ixtirochi (A. V. Kirshin, 3. S. Ib-rohimov), birinchi kon kashfiyotchisi (A. Sh. Ibrohimov) unvonlariga ega boʻlganlar bor. Institut xodimlaridan Oʻ. J. Mamajonov, M. K. Turobovlar burgʻilashda ishlatiladigan yangi (KO-4) eritmani kashf etishdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati boʻldilar (1970).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil