Nefroptoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nefroptoz (yun. nephros — buyrak, ptosis — qulash, tushib ketish) — gavdaning holatini oʻzgartirganda buyrakning oʻz fiziologik harakatlanishidan ortiq siljishi bilan kechadigan patologik holat. Koʻproq ayollarda uchraydi.

N.ning rivojlanishida buyrakning bogʻlovchi apparatidagi oʻzgarishlarga olib keluvchi omillar (yuqumli kasalliklar, ozish) va qorin oldingi devori tonusining susayishi (xrmila-dorlik va boshqa sababli) ahamiyatga ega. N.ning yuzaga kelishiga shikastlanishlar ham sabab boʻlishi mumkin. Belgilari: belda ogʻriq boʻlib, harakat vaq-tida kuchayadi, baʼzan ogʻriq qoringa oʻtishi, buyrak sanchigʻi boshlanishi mumkin. Oʻng yoki chap yonbosh sohasida buyrak qoʻlga unnaydi. Buyrak va uning tomirlaridagi oʻzgarishlar venoz qonning turgʻunligi va aʼzo gipoksiyasiga olib keladi. Bu, oʻz navbatida, buyrak parenximasida urostoz va infeksiya rivojlanishiga sabab boʻladi. Gemo va urodinamikaning buzilishi tufayli piyelonefrit va vazorenal gipertoniya rivojlanadi. Piyelonefrit buyrak at-rofida tortmalar hosil boʻlishiga olib keladi (fiksatsiyalangan N.). N.ni aniqlash uchun, asosan, tasviriy va kontrastli urografiya qilinadi.

Davos i : spazmolitik, ogʻriq qoldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi dorilar va issiq vannalar tavsiya qilinadi. Shu bilan birga bemor oyogʻini koʻta-rib yotishi va buyrak belbogʻini taqib yurishi maqsadga muvofiq. Bunda N.ning zoʻrayishi va asoratlarining oldi olinadi. Bemorga qorin oldingi devori muskullarini mustahkamlaydigan maxsus gimnastika mashklari toʻplami buyuriladi. N.ni oʻz vaqtida davolash bemor mehnat qobiliyatining toʻliq tiklanishiga olib keladi. N. ogʻirlashganda (piyelonefrit, vezorenal gipertoniya, gidronefrotik oʻzgarishlar) nefropeksiya oʻtkazish tavsiya etiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil