Nefropatiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nefropatiya (yun. nephros — buyrak, pathos — kasallik) — buyrakning turli morfologik va funksional kasalliklarini anglatuvchi umumiy tushuncha. N.ga nefritlar (glomerulonefrit, piyelonefrit, tubulointerstitsial, irsiy va boshqalar), buyrak anomaliyalari (buyrakning arteriya va venalari nuk,-sonlari, buyrak aplaziyasi, qoʻshimcha buyrak, buyrak gipoplaziyasi, festo-niyasi va boshqalar), buyrak polikistozi, pionefroz (buyrakning yiringli-destruktiv yalligʻlanishi), buyrak sili, raki, buyrak exinokokkozi, buyrak amiloidozi, buyrakning oʻtkir va surunkali yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, nefroptoz, nefrolitiaz, nefroskleroz va boshqa kasalliklar kiradi. N. rivojlanishiga baʼzi yuqumli kasalliklar (angina, nafas sistemasining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklari, ayrim viruslar), organizmning sovqotishi, qandli diabet, tireoidit, amiloidoz, maʼlum bir guruh dorilarning noxush taʼsiri, immun sistemadagi yetishmovchiliklar va boshqa omillar sabab boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil