Nefrit (kasallik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nefrit (yun. nephros — buyrak) -buyrak tuzilmalarining yalligʻlaniish bilan kechadigan kasalliklar guruhi. H.ia glomerulonefrish, piyelonefrit, tubulointerstitsial, irsiy, nefrotik sindrom va boshqa kiradi. N. rivojlanishiga bir qancha patogen mikroorganizmlar (bak teriya, viruslar), organizmning son qotishi, immun yetishmovchiliklar va boshqa sabab boʻladi. N., asosan, immun sistema bilan bogʻliq kasallik. Kasalliknish rivojlanish mexanizmiga kura, immun-birikmali va autoimmun N. tafovut qilinadi. Birincha holda, antigen-antitelo birikmasi qonda hosil boʻlib, boshqa aʼzo va toʻqimalar bilan bir qatorda buyrakda ham yigʻiladi va uni shikastlaydi. Autoimmui N.da esa buyrakda tuzilma elementlariga qarshi auto-antitelolar hosil boʻladi, ular ushbu elementlarga birikib yalligʻlanishni yuzaga keltiradi. N. kechishiga koʻra, oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir, xavfli, tez rivojlanuvchi va surunkali xillarga ajratiladi. Oʻtkir N. koʻpincha yilning sovuq fasllarida uchrab, shish, qon bosimining oshishi, peshob miqdorining kamayishi, unda oqsil, eritrotsitlar uchrashi kabi klinik alomatlar bilan kechadi. Oʻrtacha oʻtkir, xavfli va tez rivojlanuvchi N. nisbatan kam uchraydi, kasallikning bu turlarida letallik juda yuqori. Surunkali N. vaqt-vaqti bilan zoʻrayib turadi va kasallikning hamma belgilari namoyon boʻlishi bilan kechadi.

Davosi. Parhez, peshob haydovchi, immun tiklovchi va boshqa dori-darmonlar buyuriladi. Organizmdagi infeksiya oʻchoklari aniqlanib, davolanadi. Ayrim ogʻirroq hollarda "sunʼiy buyrak" apparatidan foydalaniladi. Buyrak faoliyatini tiklash iloji boʻlmaganda bemorga soglom buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (qarang Transplantatsiya). Surunkali N. bilan ogʻrigan bemorlar doimiy vrach nazoratida boʻlishi uchun roʻyxatga olinadi. N.ning oddini olishda organizmni chiniqtirish, streptokokkli tonzillit, faringit kabi oʻtkir yuqumli kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlab davolash, uzoq vaqt sovuqsa qolmaslik lozim.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil